18-dekabr kuni universitet o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov raisligida o‘tkazilgan majlisda kun tartibidagi o‘quv jarayoniga oid bo‘lgan dolzarb masalalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 451-son va 452-son buyruqlarining mazmun va mohiyati kengash a’zolariga yetkazildi. Majlisda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar kelishib olindi.