Music Quiz

2-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida “Music Quiz” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov ochib berib, faol ishtirok etgan va yuqori natija ko‘rsatgan jamoalarni diplomlar bilan taqdirladi.

Mazkur tadbir davomida talabalar jamoalarga boʻlingan holda, musiqaga oid turli savollariga javob berishdi, o‘z bilim va zehni o‘tkirligini namoyish etishdi. Tadbiring soʻngida esa talabalar tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube