2-talabalar turar joyida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri Elmira Moydinova boshchiligida kafedra a’zolari A. Yormatova, N. Abdurahimova, X. Oripova va F. Avazova tomonidan 2025-yil 22-dekabr kuni 2-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, turar joydagi qulayliklar, gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, oshxonadagi sanitariya va xavfsizlik tizimlarining holati o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning kundalik yashash jarayonida uchrayotgan muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi.

Ta’til munosabati bilan uylariga qaytayotgan talabalarga yo‘l harakati va umumiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, kiberxavfsizlik bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, uyali aloqa vositalaridan to‘g‘ri va mas’uliyat bilan foydalanish masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil va ijobiy javoblar oldilar.

Yakunida talabalar Yangi yil munosabati bilan samimiy tilaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube