MUHIM E’LON!
2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
2026/2027-o'quv yili to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish hamda talabalikka qabul qilish uchun zarur hujjatlarni mas’ul xodimlarga topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 1-noyabr.
Shu munosabat bilan, barcha abituriyentlardan quyidagilar so‘raladi:
To‘lov-kontrakt to‘lovlarini 2026-yil 1-noyabrga qadar belgilangan summani amalga oshirish;
Talabalikka qabul qilish uchun talab etiladigan barcha hujjatlarni belgilangan muddat ichida mas’ul xodimlarga to‘liq topshirish;
DIQQAT! Belgilangan muddatgacha to‘lovni amalga oshirish va hujjatlarni topshirish masalasiga mas’uliyat bilan yondashishingizni so‘raymiz. Hujjatlarni topshirish yoki to‘lovni amalga oshirishni oxirgi kunga qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Ushbu xabarni tegishli abituriyentlarga yetkazishingizni so‘raymiz.
2026-10-16 11-46