22-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 

Tadbir Tarjimonlik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva tashabbusi bilan tashkil etildi.   Tadbirda Universitet psixologi Z.Xayrullayeva , O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N.Bobojonova, N, Toliboyeva, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti B.Xolbekova hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.

"Sevimli qizim" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda qaynona-kelin munosabatlarining o‘ziga xos qirralari haqida  ishtirok etgan mutaxassislar  tomonidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.  Shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida psixolog tomonidan qiziqarli ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube