24-mart kuni Fransiyaning Xalqaro Birdamlik va Taʼlim (ASIE) Assotsiatsiyasi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi
 
Tashrif doirasida uchrashuv tashkil etilib, unda Xalqaro Birdamlik va Taʼlim Assotsiatsiyasi (ASIE) asoschisi Alen Payen, Assotsiatsiyaning taʼlim masalalari boʻyicha masʼul xodimi Emmanuyel Dyufur, shuningdek, OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov, Fransuz tili kafedrasi mudiri G. Raximova ishtirok etdi.

 

 

Dastur davomida:
 Fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish maqsadida Fransiya OTMlari bilan aloqalarni rivojlantirish;
 Fransuz tili oʻqituvchilari malakasini oshirish; 
 Talabalar uchun grantlar ajratish;
 Fransuz tili boʻyicha hammualliflikda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish masalalari muhokama qilindi va kelishuvlarga erishildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube