5-TTJDA REKTORNING SAYYOR QABULI ÖTKAZILDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 5-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uçun sayyor qabul ötkazdi.
Unda universitet rahbariyati vakillari, mas’ul rahbarlar, psixologlar, TTJ faollari, pedagoglar, qavat sardorlari, “Qalqon” jamoasi a’zolari hamda talabalar iştirok etdi.

Qabul davomida talabalarning yaşaş şaroitlari, mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Rektor tomonidan bildirilgan murojaatlar atrofliça örganilib, ularning yeçimi yuzasidan tegişli tavsiya va körsatmalar berildi.
Kötarilgan masalalarni bartaraf etiş böyiça mas’ul rahbarlarga tegişli vazifalar belgilandi. Şuningdek, muammolarni hal etiş yuzasidan zarur çoralar va amaliy yeçimlar muhokama qilindi.
Sayyor qabul talabalarning murojaatlarini bevosita tinglaş, ularni qiynayotgan masalalarni joyida örganiş hamda tezkor yeçim topişga qaratildi.
