9-fevral kuni Adiblar xiyobonida haykallari qad rostlagan shoir va yozuvchilar hamda jadidlarning haykallari oldida adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, davlat va jamoat arboblari, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov va universitet vakillari ham qatnashdi. OʻzDJTU jamoasi universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali poyiga gul qoʻydi. Shu bilan birga shoir ijodi va uning hayot yoʻli tilga olindi.