28-may kuni Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Arkadyevich Faynberg haykali qoshida hisobot konserti tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5359-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda Adiblar xiyobonidagi atoqli ijodkorlarning haykallari poyida adabiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, xiyobonni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan fayzli maskanga aylantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent Fan va texnologiyalar universiteti hamkorligida o’tkazildi. 

Hisobot konsertida ikki oliygoh mas’ullari ishtirok etdi. Jumladan, O’zDJTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha 1-prorektori V.Sa’diyev bu kabi tadbirlarni ko’proq tashkil qilish va bunga talabalarni jalb qilish orqali ular m’anaviyatini yuksaltirish borasida o’z fikrlarini bildirdi. 

Tadbir davomida yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev hamda Xolida Ismoil tomonidan ijodiy chiqishlar namoyish etildi, badiiy qismda E.Avezov ijrosida qo‘shiq kuylandi, shuningdek, talabalar ishtirokida Aleksandr Faynberg ijodidan namunalar ijro etildi.

Xususan, iste’dodli talabalar ijrosida musiqiy kuylar taqdim etildi, askiyalar aytilib, tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashildi.

2024-05-29 04-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi