Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

 

2026-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv loyiha ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.


Himoya jarayonida “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishining ingliz tili va rus tili mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tinglovchilari, shuningdek, Malayziyaning INTI International University bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro qo‘shma malaka oshirish dasturi ishtirokchilari o‘z bitiruv loyiha ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Taqdim etilgan loyihalarda zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik yechimlar o‘z aksini topdi. Attestatsiya komissiyasi a’zolari har bir loyiha ishini belgilangan mezonlar asosida atroflicha ko‘rib chiqib, tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini munosib baholadilar.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabrikladi. Universitet rahbari o‘z so‘zida malaka oshirish jarayonida egallangan bilim va tajriba pedagoglarning kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ularga kelgusidagi pedagogik va ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube