2024-yil 22-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakultetining bitiruvchilari universitetga tashrif buyurdilar. 

Ular OʻzDJTUning yangi binolari, zamonaviy maʼruza zallari, sinf xonalari va infratuzilmalari bilan tanishdilar. Universitetning yangi qiyofasi, 30 yildan soʻng amalga oshirilgan ishlar ularda katta taassurot qoldirdi. 

Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev soʻnggi yillarda universitet rahbariyati va jamoasi tomonidan amalga oshirilgan samarali faoliyat haqida oʻz kursdoshlariga soʻzlab berdi.

2024-06-25 01-37

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi