3-oktyabr kuni  O‘zDJTUda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Giyohvandlikka  qarshi kurash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va universitet profilaktika  inspektori ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad giyohvandlikka qarshi kurash choralarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ularni sog‘lom muhitda tarbiyalash bo‘ldi. 

“Dolzarb oylik” doirasida tashkil etilgan tadbir ochiq muloqot ostida bo‘lib, giyohvandlik moddalari va narkotik vositalarning g‘ayriqonuniy aylanishi, zahri qotilni yoshlar orasida tarqalishi va o‘ziga tobe qilishi borasidagi fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga polkovnik D.M.Mirsadikov tomonidan izohlar va batafsil tushunchalar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube