Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning holidan xabar oldi.

 

Ushbu tashrif doirasida rektor universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand talabalar bilan suhbatlashdi, ularning yashash sharoitlari va zarur ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi. Talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rinishida zaruriy yordamlar ko‘rsatildi.

 

Shuningdek, Ilxomjon Tuxtasinov ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga ham tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi, ularning ehtiyojlarini tinglab, oziq-ovqat mahsulotlari topshirdi.

 

Ushbu xayriya tashabbuslari universitetda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat tamoyillarini qaror toptirish va talabalarning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ezgu amallarning uzviy davomi bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube