Davlat tili bayrami — milliy qadriyatlar uyg‘unligida!

 

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida bayramona muhitda
 “Osh musobaqasi” o‘tkazildi.

 

Tadbir fakultet dekani A. Matyakubov, dekan muovini D. Xoshimova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Fayziyeva  hamda tyutorlar boshchiligida o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zbek milliy taomlari, ayniqsa, osh tayyorlash san’ati orqali milliy qadriyatlar va mehmondo‘stlik an’analarini yanada chuqurroq his etishdi.

 

Mazkur musobaqa nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va ijodiy muhitni mustahkamladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube