Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Unda Nazarov Vahobjon Shamshidinovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Multimedia ta’lim vositalari asosida o‘quvchilarning fransuz tili bo‘yicha nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish (umumiy o‘rta ta’lim tizimi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Muhokama jarayoni savol-javoblar asosida, ilmiy va konstruktiv ruhda tashkil etildi. Yakunda dissertatsiya ishi belgilangan talablarga muvofiq ekani qayd etilib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli xulosa bildirildi.