Dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi
2026-yil 30-iyun, soat 16:00 da
oflayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
Trigulova Tatyana Aleksandrovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Inglizzabon mediasiyosiy diskursda persuazivlikning lingvopragmatik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar
Galieva Margarita Rafaelovna – filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Taqrizchilar:
Djusupov Nursultan Maxanbet uli – filologiya fanlari doktori, (DSc) professor
Fayzullayeva Muhayyo Raxmatillayevna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi.
Ekspert:
Minniqulov Islom Urol o‘g‘li – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.