Dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Mirzokulova Xursanoy Neʼmatjonovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak huquqshunoslarning ingliz tilida yozuv ko‘nikmalarini loyihaviy faoliyat texnologiyasi yordamida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Muhokama jarayonida tadqiqot ishining ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, metodologik asoslari hamda olingan natijalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Taqrizchilar va ekspert tomonidan dissertatsiya yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalar muhokama qilinib, tegishli xulosalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube