Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatildi
22-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov Uchtepa tumanga tashrif buyurib, universitet rektoriga kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha biriktirilgan ehtiyojmand oilalarning holidan xabar oldi.
Tashrif davomida rektor Navro‘z bayrami munosabati bilan ushbu oilalarni tabriklab, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi. Shuningdek, ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida tegishli ko‘mak ko‘rsatildi.