ETS Global B.V. vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ETS Global B.V. vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Rashidova ishtirok etdilar.

Mehmonlar tomonidan esa Dilmurod Sharifov (ETS Global B.V. O‘zbekistondagi vakili, TOEFL iBT test markazi direktori) hamda Zeynab Agulakin (ETS Global B.V. Yevropadagi akademik dasturlar va ELT bo‘yicha menejeri) qatnashdilar.

 

Uchrashuv davomida ETS Global B.V. (Educational Testing Service) bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro darajadagi treninglar va sertifikatlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamda soha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar bilan imzolangan memorandum doirasida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, metodik hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma ta’lim va malaka dasturlarini tashkil etish, ToT (Training of Trainers) kurslarini yo‘lga qo‘yish va ELT sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish rejalari belgilab olindi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvlar asosida har oyda muntazam treninglar tashkil etib, talaba va pedagoglarning metodik salohiyatini oshirib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube