Hamkorlik davom etmoqda
6-dekabr kuni Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabida ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Darsni Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №1 kafedrasi oʻqituvchisi Mardonova Mohinbonu hamda fakultetning iqtidorli talabasi Turg‘unboyeva Arofatxon mazmunli va samarali tarzda olib bordi. Ular o‘quvchilarga nafaqat yangi bilim, balki esda qoladigan amaliy tajribalarni ham taqdim etdilar.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar ingliz tilida yangi g‘oyalar bilan tanishib, mavjud bilimlarini mustahkamlashdi. Interaktiv o‘yinlar va jonli muloqotlar dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qildi.
Tashriflar davom etar ekan, o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Ishtirokchilar sonining ko‘payib borayotgani ota-onalar tomonidan ham iliq kutib olinmoqda, chunki ular bunday mazmunli mashg‘ulotlarning ahamiyatini qo‘llab-quvvatlaydilar.
O‘quvchilar dars davomida faol qatnashdi va mashg‘ulot yuqori samaradorlik bilan yakunlandi.