16-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “INNOTEXNOPARK” MCHJ o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Mazkur hamkorlik shartnomasini imzolashdan ko’zlangan asosiy maqsad, talabalarga faqat til o’rgatish bilan cheklanib qolmay, ularni kasbga yo’naltirish, amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat. 

Memorandumga ko’ra hamkor tomonlar:
 texnik soha bilan bog'liq barcha yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlarni birgalikda tayyorlashda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga ko'maklashish;
 kompaniyalarning xorijiy vakillari bilan amaliyot o’tkazish, innovatsion yo'nalishlar bo’yicha startaplar, loyihalarni ishga tushirish, nazariy va amaliy bilimlar almashish orqali texnologiya bo'yicha to'plangan tajribadan foydalanish, qisqa muddatli o'quv yoki ma'ruza kurslari, professional seminarlar, biznes o'yinlari, treninglar, fan bo'yicha mahorat darslarini tashkil etish;
 texnik soha bilan bog’liq barcha yo'nalishlarda bakalavr va magistrlarning ishlab chiqarish va ilmiy amaliyotini tashkil etishda yordam ko’rsatish, talabalar, ilmiy-pedagog xodimlar ishlab chiqarish, o'quv laboratoriyasi, ilmiy amaliyoti yoki stajirovkalarini tashkil etishga ko'maklashish,;
 ilmiy-pedagog kadrlar, xodimlar yoki mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish;
 ishlab chiqarishni optimallashtirish, ilmiy asoslangan va ishonchli axborot asosida ilmiy maqolalar chop etish;
 mutaxassislar almashinuvida yordam berish, qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; 
milliy va xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va davra suhbatlarini tashkil etish, yosh mutaxassislarni rag’batlantirish uchun ommaviy yoshlar tadbirlarini (tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy tadbirlar va ixtisoslashtirilgan kechalar) o'tkazish kabi masalalar bo’yicha kelishuvlarga erishdi. 

Quvonarlisi, memorandum imzolangan kunning o’zidayoq 3 nafar O’zDJTU talabasi o’z ish amaliyotini boshladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube