Ijara xonadonlariga tashrif

26-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z. Xayrullayeva hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M. Abdullayeva hamkorligida talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga rejali tashrif amalga oshirildi.

Tashrif jarayonida talabalarning ijtimoiy-maishiy yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishi, qiziqish va mashg‘ulotlari, shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan munosabati hamda psixoemotsional holati atroflicha o‘rganildi.

Suhbatlar davomida talabalarning moslashuv jarayoni, stressga chidamlilik darajasi, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, emotsional barqarorligi va shaxslararo muloqot ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ularning o‘quv yuklamasiga munosabati hamda kundalik hayotdagi ruhiy holati yuzasidan kuzatuv va tahlillar olib borildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, talabalar orasida mustaqil hayot sharoitida o‘zini boshqara olish, o‘qishga mas’uliyat bilan yondashish va kelajak rejalari ustida izchil ishlashga intilish mavjudligi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube