“Ilmdan biznesga qadam” shiori ostida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ilmdan biznesga qadam” shiori ostida Ingliz tili 1 va 2 fakultetlarining bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov ishtirok etib, talaba-yoshlarga ularning kelajakdagi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari hamda davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Tadbirda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozli kredit dasturlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitet Karyera markazi faoliyati, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda talabalarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube