O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6097-sonli farmoniga muvofiq, 2030-yilgacha ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasida ilmiy faoliyatni yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rivojlanish bosqichlari belgilab berilgan.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Axmedov Oybek Saporbayevich tomonidan mavzuga oid ma’ruza taqdim etildi.
Tadbir savol-javoblar, fikr almashish hamda bahsli masalalarni muhokama qilish asosida jonli va qiziqarli ruhda o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, fakultetda muntazam o‘tkazib kelinayotgan bunday seminarlar professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, tadqiqot faoliyatini yanada tizimli yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.