Ilmiy unvon bilan taqdirlandilar
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishidan so‘ng bir guruh professor-o‘qituvchilarga “Dotsent” ilmiy unvoni diplomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu diplom bilan quyidagi ustozlar taqdirlandi:
O‘zDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Chutpulatov Muxammad Chariyevich
Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari №3” kafedrasi dotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ahmadaliyeva Hosiyatposhsho Abduxayotovna
Tarjimonlik fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsent v.b., tarix fanlari nomzodi Babadjanova Nodira Abdulloyevna
Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi Madraximov Tulibay Abdukarimovich
Tarjimonlik fakulteti “Ingliz tili tarjima nazariyas” kafedrasi dotsent v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) Kaxarova Iroda Sidikovna
Ustozlarning ilmiy unvonga sazovor bo‘lgani, ularning yillar davomida olib borgan samarali ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’limdagi fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.