“ISTIQLOL G‘UNCHALARI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVIGA TAKLIF ETAMIZ!

“ISTIQLOL G‘UNCHALARI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVIGA TAKLIF ETAMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “ZIYOLI AVLOD” madaniyat va ma’rifat markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida “Istiqlol g‘unchalari” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi — iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual, ijodiy va madaniy salohiyatini yuzaga chiqarish, bilim va iste’dodini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistr talabalari tanlovning 18–35 yosh professional toifasida ishtirok etishlari mumkin.

TANLOV YO‘NALISHLARI:

 Musiqa va san’at:
 Cholg‘u ijrochiligi
 Xonandalik
 Xoreografiya
 Tasviriy va amaliy san’at
Teatr aktyorligi
Folklor ijrochiligi
 Musiqa nazariyasi
 Fototanlov

 Umumta’lim fanlari va adabiyot:
 Ingliz tili
Matematika
 Insholar tanlovi
 She’riyat
 Kitobxonlik

 G‘OLIBLAR UCHUN:

Grand Prix, 1-, 2- va 3-o‘rinlar;
 diplom, medal, sertifikat va esdalik sovg‘alari;
pul mukofotlari;
 tanlovlarda ishtirok etish uchun voucher;
 Grand Prix sohiblari uchun kubok (statuetka);
Final bosqichining oliy sovrini — avtomobil!

Shuningdek, Grand Prix sohiblarining bir nafar ustoziga pul mukofoti beriladi.

 Saralash bosqichlari:
Xorazm — 6–8-oktabr
 Navoiy — 6–8-noyabr
 Qashqadaryo — 18–20-dekabr
 Namangan — 15–17-yanvar
 Buxoro — 26–28-mart
 Samarqand — 23–25-aprel

Final bosqichi:
 Toshkent shahri

 17–20-may

Saralash bosqichida ishtirokchi o‘ziga qulay hududni tanlashi mumkin. Xohishga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan holda boshqa hududdagi saralash bosqichida ham takroran ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Ishtirok badali:
— Yakka ishtirokchi: 450 000 so‘m (saralash), 500 000 so‘m (final);
— Duet va trio: 400 000 / 450 000 so‘m;
— Guruh va ansambllar: 350 000 / 400 000 so‘m;
— Fototanlov: 100 000 / 200 000 so‘m.

Ayrim toifadagi ishtirokchilar uchun 10 foizlik imtiyoz mavjud. Imtiyozlar va ularni tasdiqlash tartibi nizomda batafsil ko‘rsatilgan.

 Ariza topshirish: @ziyoli_avlod_operator
 Telegram kanal: @ijodiy_tanlovlar
Telefon: +998 97 852 66 66
 Veb-sayt: www.ziyoliavlod.com

 Tanlovning barcha shartlari, yo‘nalishlar, baholash mezonlari, ishtirok etish tartibi va boshqa batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi nizom orqali tanishish mumkin:

 https://telegra.ph/ISTIQLOL-GUNCHALARI-09-23

Iste’dodingizni namoyon eting, bilim va ijodingiz bilan “Istiqlol g‘unchalari”da ishtirok eting!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube