Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida "Jaholatga qarshi ma’rifat" va "Kiber jinoyat" mavzularida  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zDJTU profilaktika inspektorlari kapitan M.X.Nurmuxamedova, kapitan Sh.N.Bekmetov va Uchtepa tumani IIO FMB  ATSJOOB xodimlari katta leytenant D.M.O‘razkulova, B.X.Karimovlar hamda Tarjimonlik fakulteti talabalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar  bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" va "Kiber jinoyat" mavzularida  suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida talabalar kiber xavfsizlikning dolzarb masalalari, zamonaviy tahdidlar va ularning oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni kiberxavfsizlik sohasida xabardor qilish va ularning bilimlarini oshirish bo‘lib, soha mutaxassislari kiberhujumlar, ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik protokollari haqida qiziqarli ma’ruzalar o‘qishdi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube