Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

16-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Alimova Gulnazxon Yuldashaliyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Slengizmlarning pragmatik va lingvokulturologik tadqiqi (Britaniya va Amerika yoshlari nutqi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va izlanuvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida izlanuvchi dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Ilmiy rahbar, taqrizchilar va ekspert tomonidan dissertatsiya yuzasidan ilmiy xulosalar hamda tavsiyalar bildirildi. Muhokamalar davomida mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalar almashilib, berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi ilmiy jihatdan ijobiy baholanib, bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda navbatdagi bosqichga tavsiya etildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube