2023-yil 6-dekabr kuni Roman – german tillari tarjimashunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Usmanova Nodira Xrajitdinovna TFRA-2121 guruhi bilan “Konstitutsiyam 31 yoshda” nomli tadbir tashkillashtirdi hamda talabalar tomonidan devoriy gazetalar chizildi.

Tadbirda Tarjimonlik fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Sherdor Nazarov ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar eski va yangi tahrirdagi konstitutsiya moddalarining asosiy farqlari hamda kiritilgan qoʻshimchalar doirasida fikr almashishdi.

“Konstitutsiyam 31 yoshda”nomli davra suhbati kafedra ustozlari oʻrtasida ham qizgʻin o'tdi hamda kafedra mudiri Lutfulla Xoliyarov o'tkazilgan tadbir va ayniqsa talabalarning qo'l mehnati bilan tayyorlangan koʻrgazma va devoriy gazetalarni alohida maqtovga loyiqligini taʼkidlab oʻtdi.

 

2023-12-06 05-36

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi