Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev Gruziya–Fransiya universiteti dasturi rahbari Eva Bertrand bilan uchrashuv o‘tkazdilar

Uchrashuv davomida mazkur dastur doirasida, asosan, Fransiya universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

I. Tuxtasinov O‘zbekistonda O‘zbekiston–Fransiya universiteti tashkil etilganini, ushbu loyihada har ikki tomondan to‘rttadan universitet ishtirok etayotganini ma’lum qildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish va akademik almashinuvni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube