24–25-avgust kunlari "Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Bugun, 24-avgust kuni universitetning barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari , tyutor va boshqa xodimlardan iborat jamoa O‘zDJTUga biriktirilgan mahallalarda bo‘lishdi.
Mahalladagi yoshi ulug‘, yolg‘iz qariyalar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar oldi. Xonadonini obodonlashtirish ishlariga ko‘maklashdi.
Shuningdek, mahalla tevaragida bo‘layotgan hashar jarayonlarida ishtirok etib, mahalla obodligiga hissa qo‘shishdi.