14-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivali boʻlib oʻtdi.
Festivalga Malayziyaning Sultan Idris taʼlim universiteti professori Sabariya Suleyman va professor Ravita mehmon sifatida tashrif buyurdi. Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi va kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.
Tadbir ikki mamlakatning diqqatga sazovor goʻshalari aks etgan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan soʻng, talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari, sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslar, jang sanʼatidan koʻrgazmali chiqishlar, liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi.
Shuningdek, dastur doirasida har ikki mamlakatning milliy taomlari burchaklari tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.
Festival davomida O’zDJTU talabalari malay xalqi madaniyati haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’ldi, xususan, tadbirda har ikki mamlakat madaniyati goʻzal tarzda namoyish etildi.