Media va kommunikatsiya kafedrasida xalqaro seminar tashkil etildi

Media va kommunikatsiya kafedrasida xalqaro seminar tashkil etildi

27-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Media va kommunikatsiya kafedrasida Ispaniyaning Oruela shahrida joylashgan Kasbiy ta’lim markazi rahbari Victoria Hernandez hamda Erasmus dasturi koordinatori Javier Galiana ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tashrif avvalida kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Dilfuza Teshabayeva mehmonlarni kafedraning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Seminarda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim metodikalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida davra suhbati tashkil etilib, ispaniyalik mehmonlar, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida o‘zaro fikr va tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube