Bugun OʻzDJTUda universitet xotin qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Milliy liboslarimiz millat koʻrki”nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Mamlakatimiz barcha nuqtalarining oʻziga xos milliy liboslarini namoyish etish, yoshlarda milliylikka boʻlgan muhabbatni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi.
Tadbirni ochib bergan rektori milliy libos – millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasi ekanligini aytib oʻtdi. Shuningdek, milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, qadimiy urf-odat va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligi, milliy liboslarning goʻzalligi va jozibasini yoshlar oʻrtasida keng targʻib etishga katta ahamiyat qaratish zarurligini taʼkidladi.
Qatnashchilar tadbirda oʻzlari sevgan milliy liboslarida ishtirok etishda va har bir viloyatning milliy liboslaridan koʻrgazmalar tashkil etildi.