Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida  “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.

Aynan  ushbu  an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan  9-14-sentabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Xon Atlas” festivali o‘tkazilyapti.

Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova boshchiligida barcha professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar haftalikda faol ishtirok etishmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube