Navbatdagi ishlab chiqarish majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov raisligida navbatdagi ishlab chiqarish majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet prorektorlari, tarkibiy bo‘linmalar hamda mas’ul bo‘lim rahbarlari ishtirok etdi.
Majlis davomida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, spin-off korxonalar, “Startaplar klubi” faoliyatini takomillashtirish hamda “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan “Ilmda yuksalamiz”, “Kulolman” va “Sewing Sister” spin-off korxonalarining bugungi faoliyati ko‘rib chiqildi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startaplarini qo‘llab-quvvatlash, tanlovlar, seminar-treninglar hamda “Pitch Day” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Majlis yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
2026-07-22 03-26