2025 yil 18-mart kuni O’zDJTU ingliz tili 2-fakulteti ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o’qituvchilari Sh.Husanova, M.Shakirova, F.Maxmanazarov, H.Nabiyeva va kafedra mudiri M.Abduvahabova tomonidan fakultetimizda tahsil olayotgan va turli xil nomdor stipendiyalarni qo'lga kiritgan sovrindorlar, jumladan Navoiy nomli Davlat stipendiantlari: 2101-guruh talabasi S.Turgunboyeva va 2201-guruh talabasi M.Abdurahmonova hamda 3-bosqich talabalari ishtirokida qiziqarli tadbir tashkillashtirildi.
Tadbir davomida sovrindor talabalar o‘z minnatdorchilik so‘zlari bilan chiqish qilishdi hamda o‘z tajribalari va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashishishdi. Tadbir davomida ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangiliklar muhokama qilindi. Sovrindor talabalar o‘z ilmiy loyihalari haqida qisqacha taqdimot qilishdi. Yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Kelgusida bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.