ÖZDJTU VA QOZOĞISTONNING JUMABEK AXMETULI TAŞENEV UNIVERSITETI ÖRTASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

ÖZDJTU VA QOZOĞISTONNING JUMABEK AXMETULI TAŞENEV UNIVERSITETI ÖRTASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Qozoğistonning Jumabek Axmetuli Taşenev universiteti vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Muloqot davomida ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, akademik aloqalarni mustahkamlaş va özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda talabalar akademik mobilligini yölga qöyiş, yil davomida har ikki universitetdan 30 nafargaça talabani özaro almaşinuv asosida öqitiş, professor-öqituvçilar almaşinuvini taşkil etiş hamda yangi taʼlim yönalişlarida hamkorlik qiliş istiqbollari körib çiqildi. Şuningdek, xorijiy tillarni kasbiy bilimlar bilan uyğunlaştirib öqitiş va taʼlim jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş yuzasidan fikr almaşildi.

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rektori Janar Rysbekova iştirokidagi muloqot ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, taʼlim sifatini oşiriş hamda talabalar va professor-öqituvçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube