ÖZDJTUDA OLIY TAʼLIMDAGI DOLZARB MASALALAR VA ULARNING YEÇIMLARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun Özbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov raisligida oliy taʼlim tizimidagi dolzarb masalalar va ularning yeçimlariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Unda universitetning barça prorektorlari, fakultet dekanlari, bölim boşliqlari hamda tegişli masʼullar iştirok etdi.

Yiğilişda taʼlim sifati va bitiruvçilar bandligini taʼminlaş, talabalar murojaatlari bilan işlaş, ijro intizomi, talabalar turar joylaridagi şaroitlarni yaxşilaş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş hamda kadrlar bilan işlaş kabi ustuvor yönalişlar muhokama qilindi.
Xususan, öquv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaştiriş, talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş, professor-öqituvçilarning kasbiy mahorati va maşğulotlar sifatini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, bitiruvçilar bandligini taʼminlaşda iş beruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikni kengaytiriş, taʼlim jarayonini iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga muvofiqlaştiriş zarurligi taʼkidlandi.
Şu bilan birga, öquv adabiyotlari fondini yangilaş, talabalar va professor-öqituvçilarning murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, talabalar turar joylaridagi mavjud masalalarni hal etiş hamda ijara xonadonlaridagi yaşaş şaroitlarini örganiş böyiça vazifalar belgilandi.

Yiğiliş davomida xorijiy xizmat safarlarining amaliy samaradorligini oşiriş, xalqaro hamkorlik doirasida investitsiya va grantlarni jalb qiliş, energiya tejamkorligini taʼminlaş masalalari ham atrofliça körib çiqildi.
Muhokamalar yakunida universitet faoliyatidagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi. Jumladan, 15 kun muddatda talabalar va professor-öqituvçilar uçun oçiq qabullar taşkil etiş, ularning muammolarini joyida örganiş va hal etiş çoralarini köriş, şuningdek, oylik, çoraklik va yillik iş rejalarini şakllantiriş vazifalari belgilandi.
Yiğiliş yakunida har bir yönaliş böyiça masʼuliyatni kuçaytiriş, ijro intizomiga qatʼiy rioya etiş va belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş zarurligi qayd etildi.