ÖZDJTUDA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA YANGI TAʼLIM DASTURI IMZOLANDI
10-noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi rezidensiyasida Britaniya Kengaşi ijroçi direktori Skott MakDonald taşrifi munosabati bilan rasmiy qabul taşkil etildi. Unda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Otabek Yusupov hamda Ingliz tili fakulteti katta öqituvçisi Ya. Abduraimova iştirok etdi.
Tadbir doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Britaniya Kengaşi hamda Angliyaning Norviç til taʼlimi instituti mutaxassislari va ekspertlari hamkorligida işlab çiqilgan «Filologiya va tillarni öqitiş» bakalavriat taʼlim yönalişining yangi öquv dasturi va dastur qöllanmasini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Mazkur dastur Britaniya Kengaşi tomonidan moliyalaştiriladigan AELLCA (Accelerating Engliş Language Learning in Central Asia) loyihasi doirasida işlab çiqilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi hamda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar va maslahatlaşuvlar samarasi hisoblanadi.
Yangi öquv dasturi anʼanaviy bilimga yönaltirilgan taʼlim modelidan kompetensiyaga asoslangan, kasbiy faoliyat bilan uzviy boğliq bölgan zamonaviy taʼlim modeliga ötişni nazarda tutadi. Unda ingliz tilini yuqori darajada egallaş, filologik bilimlarni çuqurlaştiriş, öqitiş metodikasi, tarjima amaliyoti, tadqiqotçilik könikmalari hamda amaliyotga asoslangan kasbiy rivojlaniş ustuvor yönalişlar sifatida belgilangan.
Uşbu taşabbus kelajakdagi til mutaxassislarini zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bilim, könikma va kasbiy kompetensiyalar bilan tayyorlaş, şuningdek, Özbekistonda pedagog kadrlar tayyorlaş tizimini modernizatsiya qiliş yölidagi muhim qadamlardan biridir.
Uçraşuv davomida Britaniya Kengaşi ijroçi direktori Skott MakDonald bilan universitet va Britaniya Kengaşi örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, istiqboldagi loyihalar hamda yangi taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
2026-11-10 11-12