“O‘zbekiston – Turkiya” xalqaro loyihasi ishtirokchilari taqdirlandi
“O‘zbekiston – Turkiya” so‘zlar rangi: til va madaniy sayohat” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbir yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan 14 nafar loyiha ishtirokchisi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va akademik litseyining 19 nafar loyiha ishtirokchisi taqdirlandi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Abduraxim Nosirov tomonidan loyiha ishtirokchilariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash marosimida mazkur xalqaro loyiha O‘zbekiston va Turkiya yoshlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, til va madaniyat almashinuvini rivojlantirish hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro muloqot qilib, kelgusida qo‘shma ta’lim va madaniy loyihalarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashdilar.
