O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 22–23-may kunlari Namangan davlat universitetida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston va Rossiya hududlararo rektorlar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va Rossiya Federatsiyasining A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Ushbu hujjat rus tilini o‘rganish va o‘qitish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Shartnomaga muvofiq:

O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida almashinuv dasturlari amalga oshiriladi;
Rus tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari va amaliy seminarlar tashkil etiladi;

Doktorantlar uchun qisqa muddatli stajirovkalar va ilmiy rahbarlik asosida dissertatsion ishlar olib boriladi;Qo‘shma ilmiy nashrlar, konferensiyalar va tadbirlar tashkil etiladi.

Ushbu hamkorlik ikki tomonlama ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun:  A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti rus tili bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda o‘qitish metodikalarini yaratish borasida yetakchi ta’lim muassasasi bo‘lib, 2013-yilda MDH davlatlari rahbarlari qarori bilan rus tilini o‘qitish bo‘yicha tayanch tashkilot maqomiga ega bo‘lgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube