Joriy yilning 4-noyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi "Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 316-son buyrug‘ining ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi va fakultet dekan maslahatchilarining reja asosida amalga oshirilayotgan ishlari Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Tahlil jarayonlarida xotin-qizlarning ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi imkoniyatlari, ularning faoliyati va muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tashrif jarayonida 2-son talabalar turar joyidagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganilib, talaba-qizlar bilan muloqot olib borildi va o‘zaro tajriba almashildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube