29-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur ilmiy dasturda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Unda Axmedova Nilufar Yaxiyayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bojxona kursantlariga kasbga yo‘naltirilgan leksikani o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari (rus tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.