O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdan tashqari ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

15-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligida navbatdan tashqari ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

 

 

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi asosiy masalalar o‘rin oldi:
 

“Karera kuni” mehnat yarmarkasini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish masalasi;
Fanlardan oraliq nazoratlar o‘tkazilishi to‘g‘risida;
HEMIS axborot tizimida darslar va davomatni o‘z vaqtida qayd etish, talabalar davomatining tahlili;
Bitiruvchi kurs talabalarning til bilish sertifikati tahlili;
Tayanch doktorantlar, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi;
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar;
O‘quv jarayonini tashkil etish hamda ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni tahliliy o‘rganish natijalari;
Fanlarning sillabuslarida keltirilgan asosiy o‘quv adabiyotlarning ARM fondida mavjudligi;
Fakultetlarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini kuzatish, talabalar davomatiga va professor-o‘qituvchilarning dars berish jarayonini baholash va boshqa masalalar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube