Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi
Tadbirni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Dastur avvalida tadbir ishtirokchilariga universitet haqida ishlangan videorolik namoyish etildi.
Soʻng rektor va ota-onalar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazilib, ta’lim jarayonlari, xorijiy hamkorliklar va talabalar hayoti borasida savol-javob tashkil etildi. Rektor ota-onalarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javob berdi.
Yakunda universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan teatr-namoyishi va sahna koʻrinishlari taqdim etildi.