Bugun 22-yanvar kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov Pekin shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumida ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun, ushbu forum ikki davlat oʻrtasidagi 150 dan ortiq Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini bir davraga jamlagan yirik miqyosdagi anjuman hisoblanadi.
Ayni paytda, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik va oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yuzasidan shartnomalar imzolanish arafasida. Xususan, OʻzDJTU va Liadong universiteti oʻrtasida hamda bir qancha oliy taʼlim muassasalari bilan memorandum imzolash koʻzda tutilgan.