O‘zDJTU va Hindiston Banasthali universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida, madaniy almashinuv dasturi doirasida Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi Ro’ziboyeva Nazira 6 nafar iqtidorli talabalari bilan 2025 yilning 7 mart kuni Hindistonning Banastali Vidyapith universitetiga etib keldilar.

 

 8-mart kuni O‘zbekistonning Delidagi elchixonasi xodimlari va press-attache Sadriddin Suyarov hamda savdo-iqtisodiy bo’limi xodimi Xurshidbek Samiyevlar Banastali universitetiga O’zbekistonlik talabalardan xabar olish maqsadida tashrif buyurishdi.

 

Suniy intellekt markazi, xalqaro aloqalar direktori doktor Anshuman Shastri kutib oldilar. Banastali universiteti professori M.Ranjan ma’sulligida universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib, Sun’iy intellekt markazi o’quv xonalari, laboratoriyalar va Tillar fakulteti o’quv xonalari bilan tanishtirildi hamda uchuvchilar tayyorlaydigan fakultet aerodromiga ham tashrif buyurildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube