O‘zDJTU bitiruvchisi Talimxabarlari.uz sahifalarida
Talimxabarlari.uz saytida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi, universitet Axborot xizmatida kontent-menejer sifatida faoliyat yuritgan Marjona Abdurahmanova ishtirokidagi suhbat e’lon qilindi.
Material “Xorijda ta’lim: Janubiy Koreyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba bilan suhbat” rukni doirasida taqdim etilgan bo‘lib, unda xorijda ta’lim olayotgan yoshlarning tajribasi, ta’lim muhiti va imkoniyatlari yoritilgan.
Ma’lumot uchun, Marjona Abdurahmanova 2003-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni Toshkent viloyatidagi 54-sonli maktabda olgan. 2021-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan.
Bakalavriat davrida u Adliya vazirligining media materiallar tayyorlash bo‘limida, O‘zDJTU Axborot xizmatida kontent menejer sifatida, shuningdek, “O‘zbekiston 24” telekanalining Xorij xabarlari tayyorlash bo‘limida amaliyot o‘tab, media sohasida amaliy tajriba va professional ko‘nikmalarni egallagan.
Mazkur suhbat yosh jurnalistlarning kasbiy rivoji va xalqaro tajribani o‘rganish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tiborga molik.