O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Joriy yilning 22–23-may kunlari Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Rossiya hududlararo rektorlar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Ushbu hujjat oliy ta’lim sohasida o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy va metodik hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda qo‘shma malaka oshirish kurslarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Shartnomaga muvofiq:
Professor-o‘qituvchilar uchun 144 soatli malaka oshirish kursi tashkil (72 soati Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan, 72 soati O’zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi tomonidan amalga oshiriladi);
Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha seminarlar o‘tkaziladi;
Qo‘shma metodik ishlanmalar va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etiladi.
Ushbu hamkorlik oliy ta’lim tizimida kadrlar salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.